XXVI Butunrossiya “Dori vositalari muomalasi sohasida davlat nazorati – FarmTibMuomalasi 2024”

31.05.2024 860

Rossiya Federatsiyasining Yaroslavl shahrida boʻlib oʻtadigan XXVI Butunrossiya “Dori vositalari muomalasi sohasida davlat nazorati – FarmTibMuomalasi 2024” konferensiyasida Farmatsevtika mahsulotlar xavfsizligi markazi bir guruh mutaxassislari- Postmarketing nazorati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari O.Babaniyazov, Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi Z.Artikova, Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi V.Usmonov, Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi yetakchi mutaxassisi A.Mansurov, Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish boʻlimi yetakchi mutaxassisi M.Nazirovlar ishtirok etishmoqda. 

Konferensiya doirasida Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash sohasini nazorat qilish federal xizmatining “Tibbiyotda qoʻllaniladigan vositalar aylanmasi tahlili, hisobi va ekspertizasi boʻyicha axborot-metodik markaz” Federal davlat byudjet muassasasi Yaroslavl filialiga tashrif uyushtirildi.